МИНИСТЕРСТВО ЗДРАВООХРАНЕНИЯ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

Республиканский специализированный научно-практический медицинский центр ФТИЗИАТРИИ И ПУЛЬМОНОЛОГИИ

“24-mart Butunjaxon silga qarshi kurashish kuni”

Создан: 2020-03-25

               

Bir necha yildan buyon O’zbekiston va Turkiya Ishbilarmonlar Uyushmasi “UTID” a’zolari tomonidan tashkil etilgan bayram sovg’alari Respublika Ixtisoslashtirilgan Ftiziatriya va Pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIF va PIATM) "Bolalar bo′limi"da davolanayotgan bolalar uchun "Yangi yil", "Ramazon va Qurbon Xayiti", "1 Iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni", “Navro’z”, "O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik bayrami" munosabati bilan bayram dasturi tashkil etilib a’nanaviy ravishda Uyushma a’zolari tomonidan taqdim etilgan xadiyalarni xayriya tarzida bemor bolajonlarga tarqatiladi.

Bundan tashqari “Betlis Tekstil” korxona raxbari tomonidan, xayriya va xomiylik yordami sifatida RIFvaPIATM “Bolalar bo’limi” da davolanayotgan bolalar uchun Bo’lim xududida “Bolalar yozgi o’yin maydonchasi” va “O’yin-kulgu va mashg’ulotlar uchun yopiq besedka” barpo etildi.

“O’zguven Insaat” kompaniyasi raxbari Mexmed Guven tomonidan 6 televizor va 6 sovutgich (xolodilnik) xomiylik yordami sifatida xarid qilinib, Bolalar bo’limida davolanayotgan bolalar palatalariga o’rnatildi.

2020 yil 24-mart kuni “24-mart Butunjaxon silga qarshi kurashish kuni” va 21-mart “Navro’z bayrami” munosabati bilan kiyim-kechak, kundalik ixtiyoj mollari, shirinliklar, o’yinchoqlar, o’quv anjomlari tashkil topgan 50 donadan ziyot paket va ryukzaklar bemor bolalarga taqdim etildi. Bundan tashqari bolalarga indivual ravishda yondashib, yashash sharoiti va ijtimoiy assotsial oiladan bo’lgan bolalarga qo’shimcha kiyim-kechak, kundalik ixtiyoj mollaridan tashkil etilgan bayram sovg’alari taqdim etildi.

Yuqoridagi ko’rsatilayotgan xomiylik yordamlari, xayriyalar Uyushma Kehgash raisi Ergat Bulut, bosh direktor Ulug’bek Balabekov va maslaxatchi-tashkilotchi Jadida Balabekova opamiz sayi xarakatlari bilan amalga oshirildi.

Yuqorida ko’rsatib o’tilganlarni inobatga olib RIF va PIAT Markazi ma’muriyati O’zbekiston va Turkiya Ishbilarmonlar Uyushmasi “UTID” va Xalqaro Jamoat tashkiloti Uyushmasi a’zolariga ko’rsatgan xomiyliklari va xadiyalar uchun chuqur minnatdorchligini bildiradi. Kelgusidagi xayrli ishlaringizda muvofaqiyat tilaydi.