Navro‘z bayramingiz muborak bo‘lsin

New

22 марта 2025

Navro‘z bayramingiz muborak bo‘lsin

R I F va P I A T markazining bolalar bo’limida bayram tadbirlari o’tkazish ana’naga aylangan.
Navbatdagi bayram tadbiri “Navro’z” bayrami va “24-mart Butunjahon tuberkulyozga qarshi kurash kuni” munosabati bilan tashkillashtirildi.
Tadbirda dastavval markaz direktorining davolash ishlari bo’yicha muovini D.N.Tashmirzayev so’zga chiqdi, bolajonlarga va bo’lim xodimlariga qutlovlar va bayram tabriklari yo’llab bayramni ochib berdi.
Shundan so’ng bolalar tomonidan tayyorlangan kuy va qo’shiqlar, saxna ko’rinishlari yangradi, rasmlar konkursi o’tkazildi. Xar bir bolajon o’z qobilyatlarini ochib berishga xarakat qildi. G’oliblarga esdalik sovg’alari topshirildi.
Bayram so’ngida xomiy J.M.Balabekovaga so’zga chiqdi. Bolajonlarga bayram tabriklari yo’llab, bayram (kundalik tozalik va gigienik ashyolari: sochiq, sovun, salfetka, futbolka, shorti va shirinlikdan tashkil topgan) paketlari xar bir bolajonga va onalarga tarqatildi. Shundan so’ng, tadbirni tomosha qilishga kelgan onalar so’zga chiqdi, markaz raxbariyati, shifokorlar, xamshiralarga va xomiyga o’z minnatdorchiligini bildirdi.

Специальные возможности