AHBOROTXATI

New

1 апреля 2025

AHBOROTXATI

HURMATLI HAMKASBLAR,

Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy ishlar to’plamini chop etishni rejalashtirmoqda.
To’plamini chop etishdan ko‘zlangan maqsad ftiziatriya va pulmonologiya sohasidagi dolzarb muammolar va tendentsiyalarni, tuberkuloyz hamda respirator kasalliklarning oldini olish va diagnostikasida innovatsion yondashuvlarni, ilmiy yo‘nalishlarni rejalashtirish istiqbollarini ishlab chiqish va ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
Ftiziatriya va pulmonologiya sohasining yetakchi olimlari va mutaxassislari, shuningdek, jarrohlik, urologiya, ortopediya, ginekologiya, farmakologlar, rentgenologlar, bakteriologlar, immunologlar, immunogenetikaning fanlararo yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar o’z ilmiy ishlari natijalarini chop etishi mumkin.
Asosiy yo‘nalishlari:
1. Ftiziatriya va pulmonologik xizmatini tashkil etish va tibbiy-ijtimoiy muammolar
2. Tuberkulyoz va respirator kasalliklar epidemiologiyasi
3. Tuberkulyozning yashirin infektsiyasi
4. Bolalar va kattalardagi tuberkulyoz kasalligi
5. Dorilarga chidamli tuberkulyoz va farmakologik nazorat
6. O'pkadan tashqari a’zolar tuberkulyozi
7. Tuberkulyoz va respirator patologiyalarda jarrohlik
8. Tuberkulyoz va yondosh kasalliklar
9. Nur, instrumental, bakteriologik diagnostika
10. Ftiziatriya va pulmonologiyada menejment, majburiyat va muvofiqlik (комплаенс)
11. Respirator patologiyalar
12. Nafas olish patologiyasining o'pkadan tashqari komponentlari

Rasmiy tillari: oʻzbek, rus, ingliz.
Ilmiy-amaliy ishlar materiallari O‘zbekiston Respublikasi OAK jurnallari ro‘yxatiga kiritilgan “Markaziy Osiyo pulmonologlari assotsiatsiyasi axborotnomasi” maxsus sonida chop etiladi.
Ilmiy-amaliy ishlar materiallari 2025-yil 10-aprelgacha qabul qilinadi.
Talablarga muvofiq tuzilgan tezislar tashkiliy qo‘mitasiga quyidagi elektron pochtalarga yuborilishi kerak: dr.sherali77@gmail.com
Tashkiliy qoʻmita bilan bogʻlanish uchun maʼlumotlar: Oʻzbekiston, Toshkent, 100086, Majlisi koʻchasi, 1-uy, Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
• Liverko Irina Vladimirovna, ((tel: +998935380651); e-mail: liverko@yandex.ru)
• Massavirov Sherali Sherikvaevich, ((tel: +998909872324); e-mail: dr.sherali77@gmail.com)
• Ismatov Baxtiyor Nigmatullaevich, ((tel: +998909669960); e-mail: tbcenter.uz@mail.ru)

Tezislarni tayyorlash qoidalari
1. Tezislar elektron pochta orqali yuborilishi kerak (Word formatidagi ilova).
Bitta muallifdan 3 tadan ortiq tezis qabul qilinmaydi. Tezislar dizayni ilovada keltirilgan. Tezis matni tahririyatga Axmedov.doc (agar bittadan ortiq b’lsa Axmedov1.doc, Axmedov2.doc…) formatida tezisning birinchi muallifi familiyasiga mos nom bilan fayl sifatida taqdim etiladi (matn Microsoft Word protsessorida terilishi kerek)
Tezislar mazmuni (tezis hajmi 1 betdan ko‘p bo‘lmasligi, yuqori, past, o‘ng va chap tarafdagi hoshiyalar 2 sm, Times New Roman shrifti 12, 1 interval bilan):
a) tezisning nomi;
b) muallif (mualliflar) F.I.O. to'liq;
v) muassasa, shahar, mamlakat nomi;
d) matn;
Tashkiliy qo'mita materiallarni tanlash va ularni tahrir qilish huquqini o'zida saqlab qoladi. Taqdim etilgan materiallar qaytarilmaydi. Nashr qilish qoidalariga rioya qilmagan tezislar chop etilmaydi.
Barcha savollar bo’yicha Akademik Sh.Alimov nomidagi RIFvaPIATM ilmiy kotibi Sh.Sh.Massavirovga murojaat qiling. Telefon: +998909872324, е-mail: dr.sherali77@gmail.com


Ilova
Fayl nomi: Familiya.doc
UDK …
LEYKOTSITLARNING FAGOTSİTIK FAOLIYATIGA ZAHARLI MIKROELEMENTLARNING TA'SIRI
(bo’shliq)
Axmedov S.N.
(bo’shliq)
Buxoro davlat tibbiyot instituti, Buxoro, O‘zbekiston
(bo’shliq)
Dolzarbligi……………………………………..
Tafdqiqot maqsadi……………………………
Material va usullar……………………………
Natijalar……………………………………….
Xulosalar………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati………….


MAXALLIY ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
O‘PKADAN TASHQARI A’ZOLAR TUBERKULEZINI TASHXISLASH VA DAVOLASHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR
DASTUR-TAKLIFNOMA
18 aprel 2025yil
Qarshi shahri

KONFERENSIYA O‘TKAZISH JOYI
Qarshi, Hyatt Regency Qarshi Oteli
Manzil: Qarshi shahri, Navoiy ko‘chasi, 1A-uy.

RO‘YXATDAN O‘TISH
Konferensiya ishtirokchilarini ro‘yxatga olish Hyatt Regency Tashkent Oteli foyesida 2025 yil 18 aprel soat 08.00 dan 09.00 gacha amalga oshiriladi

Tibbiyot xodimlari uchun anjumanlar zaliga kirish bepul. O‘zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi lozim.

Xizmat safari bilan bog‘liq masalalar ro‘yxatga olish stendida belgilanadi

Ishtirokchilar sertifikatlari ilmiy-amaliy konferensiya yakunlanganidan so‘ng diplom nusxasi va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda beriladi

ANJUMANNING RASMIY TILLARI: O‘zbek, Rus, Ingliz.
Tadbir gibrid formatda o‘tkaziladi: online/offline

TAQDIMOTCHILAR UCHUN MA'LUMOT
Majlis zali kompyuter va multimedia proyektorlari bilan jihozlangan. Shaxsiy kompyuterlardan foydalanishga ruxsat berilmaydi.;
Taqdimotlar yig‘ilishdan bir soat oldin flesh-kartada topshirilishi kerak.

MOBIL TELEFONLAR
Ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilaridan majlis zallarida mobil telefonlarini oʻchirish yoki tovushsiz rejimda saqlashlari iltimos qilinadi.

18 aprel 2025 yil
YALPI MAJLIS

09:00-11.00
Raislar: Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i A.Sh.Boboyev
Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, t.f.d., professor N.N.Parpiyeva
Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi yetakchi ilmiy xodimi, t.f.d., professor P.X.Nazirov
Ilmiy-amaliy anjumanning tantanali ochilishi va tabrik so‘zlari:
09:00-09:30 Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i
Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori
09:30-10:00
onlayn O‘zbekistonda tuberkulyozga qarshi Milliy dasturning amalga oshirilishi: muammolar, saboqlar va yutuqlar
N.N.Parpieva (Toshkent)
10:00-10:20 O‘zbekistonda o‘pkadan tashqari a’zolar tuberkulyozining epidemiologik holati
P.X.Nazirov (Toshkent)
10:20-10:40 Umurtqa pog‘onasidagi destruktiv jarayonlar tashxisotidagi yangi zamonaviy nanotexnologiyalar va muammolar
Z.P.Maxmudova (Toshkent)
10:40-11:00 Siydik ajratish a’zolari tuberkulyozining tashxisoti va davosiga zamonaviy yondashuvlar
M.M.Raxmatov (Toshkent)
11.00 - 11.30 - tanaffus va kofe-breyk

PANEL SESSIYA
11.30 – 13.00
Raislar: Parpiyeva N.N. (Toshkent)
Nazirov P.X. (Toshkent)
Liverko I.V. (Toshkent)
11:30-11:50 Qashqadaryo viloyatida o‘pkadan tashqari a’zolar tuberkulyozining tarqalishi, diagnostikasi muammolari
Sh.X.Gaffarov (Qarshi)
11:50-12:10 Tizza bo‘g‘imi tuberkulyozida artroskopik usullarning avzalliklari
Usmanov I.X. (Toshkent)
12:10-12:30 O‘pkadan tashqari a’zolar tuberkulyozida bakteriologik usullarining samaradorligi
To‘rayev L.T.
12:30-12:50 VVP sharoitida siydik yo‘llari tuberkulyozining aniqlashning asoslari
M.A.Xakimov (Toshkent)
12:50-13:10 Zamonaviy sharoitda tuberkulyoz meningitini aniqlash va kechishining xususiyatlari
Matchanov O.B. (Toshkent)

13:10-14:00 tushlik tanaffusi

PANEL SESSIYA
14.00 – 17.00
14:00-14:20 Ko‘z tuberkulyozi diagnostikasi va davolash xususiyatlari
Abdusamatov A.A. (Toshkent)
14:20-14:40 Tuberkulyoz spondiliti bemorlarini davolash natijalarini baxolashda invaziv va noinvaziv usulllarning imkoniyatlari
A.R.Faxrtdinova (Toshkent)
14:40-15:00 Pereferik limfa tugunlari tuberkulyozining diagnostikasidagi muammolar
Mo‘minova Z.A.(Toshkent)
15:00-15:20 Ayollar jinsiy a’zolari tuberkulyozida kasallikning kechishi va diagnostikasi
Yuldashev M.A. (Toshkent)
15:20-15:40 Tuberkulyoz spondilitini tashxislashda trepan biopsiya tekshiruvining ahamiyati
Baboyev A.S. (Toshkent)
15:40-16:00 Chanoq-son bo‘gimi tuberkulyozida total endoprotezlash amaliyotidan oldin bajarilgan elektromiografiya tekshiruvining axamiyati
Rustamov F.X. (Toshkent)
16:00-17:00 Yalpi majlis muhokama paneli
Ilmiy-amaliy anjumanning yopilishi

Специальные возможности