2 сентября 2026
Respublika Ixtisoslashtirilgan Ftiziatriya va Pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bolalar bo’limida “Yangi yil”, “Navro’z” bayrami, “24-mart Butunjaxon silga qarshi kurash kuni” va “Mustaqillik bayrami” ida bayram tadbiri o’tkazish odat tusiga aylangan. Navbatdagi bayram tadbiri O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.
Bayram tadbiri Vatan Madxiyasi bilan ochildi. Shundan so’ng Markaz direktorining davolash ishlari bo’yicha muovini U.T.Xolmurodov iliq tilaklar bildirdi.
Bemor bolajonlar tomonidan tayyorlangan kuy va qo’shiqlar yangradi va raqslar taqdim etildi.
Bayram so’ngida, 2018 yildan buyon xomiylik yordami ko’rsatib kelayotgan, Markazning bolalar bo’limida xududida “Bolalar maydonchasi” va “Bolalar besedka” si barpo ettirgan, Jadida Maxkamovna Balabekova so’zga chiqdi va iliq tilaklar bilan birgalikda bayram xaltalarini xam topshirdi.
Bayram yuqori kayfiyatda o’tdi.