EKOFAOL XODIM

New

26 ноября 2026

EKOFAOL XODIM

EKOFAOL XODIM — MAXMUDOVA RUXSORA NURULLAYEVNA
Markazimizda ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik tozalikni ta’minlash yo‘nalishida markaz bosh hamshirasi Maxmudova Ruxsora Nurullayevna faoliyat olib bormoqda.
U o‘z faoliyati davomida xodimlar o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, ish joylarida tozalik va ozodalikni saqlash, yashil hududlarni asrab-avaylash kabi muhim yo‘nalishlarda targ‘ibot ishlarini amalga oshirishga hissa qo‘shib kelmoqda.
Shuningdek, ekologik tadbirlarda ishtirok etish, daraxt va gullar ekish, atrof-muhitni obodonlashtirish hamda resurslardan oqilona foydalanish borasida xodimlar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Maxmudova Ruxsora Nurullayevnaning ekologik yo‘nalishdagi faoliyati markazda ekologik madaniyatni yuksaltirish, sog‘lom va toza muhitni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Специальные возможности