O’ZBEKISTON FTIZIATRLARI VA PULMONOLOGLARINING IX SYEZDI

New

23 сентября 2026

O’ZBEKISTON FTIZIATRLARI VA PULMONOLOGLARINING IX SYEZDI

AXBOROT XATI

HURMATLI HAMKASBLAR,
Akademik Sh. Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan “O‘zbekiston ftiziatrlari va pulmonologlarining IX syezdi” 2026-yil 24–25-sentabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilganini ma’lum qilamiz.
Mazkur IX syezdning asosiy maqsadi ftiziatriya va pulmonologiya sohalarida mavjud dolzarb muammolar hamda zamonaviy tendensiyalarni muhokama qilish, tuberkulyoz va boshqa respirator kasalliklarning profilaktikasi, diagnostikasi va davolashida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish, ustuvor ilmiy yo‘nalishlarni belgilash hamda ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga samarali tatbiq etishdan iborat.
Syezd ishida ftiziatriya va pulmonologiya yo‘nalishlari bo‘yicha respublika va xorijiy davlatlarning yetakchi olimlari hamda malakali mutaxassislari, shuningdek, jarrohlik, urologiya, ortopediya, ginekologiya, farmakologiya, radiologiya, bakteriologiya, immunologiya va immunogenetika kabi fanlararo sohalar vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Syezd dasturining asosiy yo‘nalishlari:
1. Sog‘liqni saqlashni tashkil etish va farmakoiqtisodiyot
2. Tuberkulyoz va respirator kasalliklar epidemiologiyasi
3. Latent tuberkulyoz infeksiyasi
4. Bolalar va kattalarda tuberkulyoz
5. O‘pkadan tashqari a’zolar tuberkulyozi
6. Tuberkulyoz va respirator kasalliklarda jarrohlik yondashuvlari
7. Boshqa kasalliklar bilan birga kechuvchi nafas a’zolari kasalliklari va tuberkulyoz
8. OIV-infeksiyasi. OITS
9. O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi
10. Kattalar va bolalarda bronxial astma
11. Pnevmoniya
12. Ftiziatriya va pulmonologiyada nur diagnostikasi
13. Tuberkulyoz va respirator kasalliklarni tashxislashda funksional tekshirish usullari
14. Respirator kasalliklar mikrobiologiyasi
15. Nafas a’zolari kasalliklarida vaksinoprofilaktika va immunoterapiya

Syezd haqida umumiy ma’lumotlar:
Syezdning rasmiy tillari: o‘zbek, rus va ingliz tillari.
Syezd formati: gibrid (onlayn va oflayn).
Syezdning ilmiy dasturi yalpi majlislar hamda seksiya majlislaridan iborat. Syezd yakunlangach, ishtirokchilarga 16 kredit (soat) hajmidagi sertifikatlar taqdim etiladi.
Syezdda ishtirok etish shakllari:
• Og‘zaki taqdimot
• Tezislarni nashr etish

Syezd materiallari O‘zbekiston Respublikasi OAK jurnallari ro‘yxatiga kiritilgan “Markaziy Osiyo pulmonologlari assotsiatsiyasi axborotnomasi” jurnalining maxsus sonida chop etiladi. Syezdda ishtirok etish uchun materiallar 2026-yil 15-avgustga qadar qabul qilinadi.
Talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan tezislar Syezd tashkiliy qo‘mitasiga quyidagi elektron pochta manziliga yuborilishi lozim: dr.sherali77@gmail.com

Tashkiliy qo‘mita bilan bog‘lanish uchun ma’lumotlar: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100086, Majlis ko‘chasi, 1-uy, Akademik Sh. Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
• Liverko Irina Vladimirovna, ((tel: +998935380651); e-mail: liverko@yandex.ru)
• Massavirov Sherali Sherikvaevich, ((tel: +998909872324); e-mail: dr.sherali77@gmail.com)
• Ismatov Baxtiyor Nigmatullaevich, ((tel: +998909669960); e-mail: tbcenter.uz@mail.ru)

Tezislarni tayyorlash qoidalari
1. Tezislar elektron pochta orqali yuborilishi lozim (Microsoft Word formatidagi ilova ko‘rinishida). Bitta muallifdan 3 tadan ortiq tezis qabul qilinmaydi. Tezislar fayl nomi birinchi muallif familiyasiga mos ravishda quyidagicha rasmiylashtirilishi kerak: Ahmedov.doc, agar bir nechta bo‘lsa — Ahmedov1.doc, Ahmedov2.doc va hokazo. Matn Microsoft Word dasturida terilgan bo‘lishi shart.
2. Tezislarni rasmiylashtirish talablari:
o Tezis hajmi 1 betdan oshmasligi kerak
o Sahifa hoshiyalari: yuqori, past, o‘ng va chap tomondan 2 sm
o Shrift: Times New Roman, 12 o‘lcham
o Qator oralig‘i: 1,0
3. Tezis tarkibi quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:
a) tezis nomi
b) muallif(lar)ning F.I.O. to‘liq ko‘rsatiladi
v) muassasa, shahar va mamlakat nomi
g) asosiy matn
Tashkiliy qo‘mita materiallarni tanlab olish va ularni tahrir qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Taqdim etilgan materiallar qaytarilmaydi. Nashr qilish talablariga rioya qilinmagan tezislar chop etilmaydi.

Syezdga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha savollar bo‘yicha quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ilmiy kotibi Sh.Sh. Massavirov
📞 Telefon: +998 90 987 23 24
📧 E-mail: dr.sherali77@gmail.com

Ilova
Fayl nomi: Familiya.doc
UDK …
LEYKOTSITLARNING FAGOTSITIK FAOLIYATIGA ZAHARLI MIKROELEMENTLARNING TA'SIRI
(bo‘shliq)
Axmedov S.N.
(bo‘shliq)
Buxoro davlat tibbiyot instituti, Buxoro, O‘zbekiston
(bo‘shliq)
Dolzarbligi……………………………………..
Tafdqiqot maqsadi……………………………
Material va usullar……………………………
Natijalar……………………………………….
Xulosalar………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
DASTUR-TAKLIFNOMA NI yuklab olish uchun : https://tbcenter.uz/wp-content/uploads/2026/09/IX_sezd_dastur-UZB-23.09.2026-2-1.pdf

ИНФОРМАЦИОННОЕ ПИСЬМО
УВАЖАЕМЫЕ КОЛЛЕГИ,

Республиканский специализированный научно-практический медицинский центр фтизиатрии и пульмонологии им. академика Ш.Алимова планирует проведение IX Съезда фтизиатров и пульмонологов Узбекистана, который будет проведен в городе Ташкенте 24-25 сентября 2026 года.
Основная цель IX Съезда - обсуждение актуальных проблем и современных тенденций научно-практических направлений в области фтизиатрии и пульмонологии; широкое обсуждение результатов внедрения инновационных подходов в профилактику, диагностику и лечение респираторных заболеваний, включая и туберкулезную инфекцию различных локализаций, и определение приоритетных научных направлений, направленных на повышение индекса сохранения здоровья и преодоление экономического бремени заболеваний.
В работе Съезда планируется участие ведущих учёных и специалистов в области фтизиатрии и пульмонологии зарубежных стран и Республики, а также специалистов смежных дисциплин, включая хирургию, урологию, ортопедию, гинекологию, фармакологию, радиологию, бактериологию, иммунологию и иммуногенетику.
Основные направления программы Съезда:
1. Организация здравоохранения и фармакоэкономика.
2. Эпидемиология туберкулёза и респираторных заболеваний
3. Латентная туберкулёзная инфекция
4. Туберкулез у детей и взрослых
5. Внелегочный туберкулёз
6. Хирургические подходы при туберкулёзе и респираторных заболеваниях
7. Болезни органов дыхания и туберкулез в сочетании с другими заболеваниями
8. ВИЧ-инфекция. СПИД
9. Хроническая обструктивная болезнь легких
10. Бронхиальная астма у взрослых и детей
11. Пневмония
12. Лучевая диагностика во фтизиатрии и пульмонологии
13. Функциональные методы в диагностике туберкулеза и респираторных заболеваний
14. Микробиология респираторных заболеваний
15. Вакцинопрофилактика и иммунотерапия заболеваний органов дыхания
Общая информация о Съезде:
Официальные языки Съезда: узбекский, русский, английский.
Формат проведения Съезда: гибридный: online/offline.
Научная программа Съезда включает пленарное и секционное заседание. По завершению Съезда будут выданы сертификаты участника 16 кредитных часов.
Форма участия на Съезде:
• Устный доклад
• Публикация тезисов
Материалы Съезда будут изданы в специальном выпуске журнала “Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии”, включенным в список журналов ВАК РУз.
Материалы для участия в Съезде принимаются до 15 августа 2026 года.
Тезисы, оформленные в соответствии с требованиями, необходимо направлять в Оргкомитет Съезда по электронной почте: dr.sherali77@gmail.com
Информация для связи с Оргкомитетом: Узбекистан, г. Ташкент, 100086,
ул. Мажлиси, 1. Республиканский специализированный научно-практический медицинский центр фтизиатрии и пульмонологии им. академика Ш.Алимова.
• Ливерко Ирина Владимировна, ((тел: +998935380651); e-mail: liverko@yandex.ru)
• Массавиров Шерали Шерикваевич, ((тел: +998909872324); e-mail: dr.sherali77@gmail.com)
• Исматов Бахтиёр Нигматуллаевич, ((тел: +998909669960); e-mail: tbcenter.uz@mail.ru)
Правила тезисов
1. Тезисы следует представлять по электронной почте (вложение в формате Word).
От одного автора принимаются не более 3-х работы. Пример оформления тезисов приведен в Приложениях. Текст тезиса представляется в редакцию в виде файла с названием, соответствующим фамилии первого автора статьи, в формате Ахмедов.doc (текстовый процессор Microsoft Word)
Содержание тезисов (объем тезисов не более 1 страницы, поля сверху, снизу, справа и слева – 2 см, шрифт Times New Roman - 12, через 1 интервал):
а) название тезиса;
б) Ф.И.О. автора (авторов) полностью;
в) название учреждения, город, страна;
г) текст;
Оргкомитет оставляет за собой право отбора материалов и их редактирования. Присланные материалы не возвращаются. Тезисы, оформленные не по правилам к публикации, не допускаются.
По всем вопросам подготовки и проведения Съезда обращаться к ученому секретарю РСНПМЦФИП им. акад. Ш.Алимова Ш.Ш.Массавирову по тел: +998909872324, по е-mail: dr.sherali77@gmail.com

Приложение.
Название файла: Фамилия.doc

ВЛИЯНИЕ ТОКСИЧНЫХ МИКРОЭЛЕМЕНТОВ НА ФАГОЦИТАРНУЮ АКТИВНОСТЬ ЛЕЙКОЦИТОВ
(пробел)
Ахмедов С.Н.
(пробел)
Бухарский государственный медицинский институт, г. Бухара, Узбекистан
(пробел)

Цель исследование. ……………………
Материал и методы. …………………..
Результаты. ……………………………..
Заключение………………………………….
Cсылка для скачивание ПРОГРАММА-ПРИГЛАШЕНИЕ на русском языке: https://tbcenter.uz/wp-content/uploads/2026/09/IX_sezd_dastur-UZB-23.09.2026-2.pdf

AHOLI SALOMATLIGI YO’LIDA — MILLIY FTIZIATRIYA VA RESPIRATOR TIBBIYOTNING POYDEVORI HAMDA PROFILAKTIKA, DIAGNOSTIKA VA DAVOLASHDAGI INNOVATSIYALARNING YANGI UFQLARI

Sezd dasturi uzbek tilida

2https://tbcenter.uz/wp-content/uploads/2026/09/IX_sezd_dastur-UZB-23.09.2026-2-1.pdf

Программа съезда на русском языке : https://tbcenter.uz/wp-content/uploads/2026/09/IX_sezd_dastur-RUS-23.09.2026.pdf

Специальные возможности